React 19 va Tailwind CSS v4 ning yangi davri
Yaqinda dasturlash olamida ikkita eng mashhur frontend texnologiyalari — React va Tailwind CSS o'zining yirik yangilanishlarini chiqardi. Ushbu maqolada biz ular olib kelgan inqilobiy o'zgarishlar va ulardan loyihalaringizda qanday qilib unumli foydalanish mumkinligini ko'rib chiqamiz.
React 19: Hech qanday murakkabliklarsiz reaktivlik
React 19 ning asosiy maqsadi dasturchilarni ortiqcha kod yozishdan halos qilishdir. Eng katta o'zgarishlardan biri bu React Compiler (ilgari React Forget nomi bilan tanilgan) hisoblanadi.
nima uchun React Compiler juda muhim?
Ilgari biz unumdorlikni oshirish uchun useMemo va useCallback xuklaridan foydalanishimiz, keraksiz qayta renderlarning oldini olishimiz kerak edi. Endi esa React buni fon rejimida avtomatik ravishda bajaradi. U kodimizni tahlil qilib, qaysi komponent va qismlarni optimallashtirish kerakligini o'zi hal qiladi.
Server Components va Actions
React 19 bilan birga Server Actions butunlay standartlashtirildi. Ma'lumotlarni serverga yuborish uchun alohida API yozib, fetch qilish davri bosqichma-bosqich yakunlanmoqda! Form yuborishda to'g'ridan-to'g'ri server funksiyasini ulash mumkin:
async function updateProfile(formData: FormData) {
"use server";
const name = formData.get("name");
await db.users.update(name);
}
export function ProfileForm() {
return (
<form action={updateProfile} className="space-y-4">
<input name="name" className="border p-2 rounded" />
<button type="submit" className="bg-blue-600 text-white px-4 py-2 rounded">
Saqlash
</button>
</form>
);
}
Tailwind CSS v4: Tezgacha ham tezlasha olamiz!
Tailwind CSS v4 butunlay yangidan, asosan Rust tilida yozib chiqildi. Bu esa uni oldingi versiyalarga qaraganda 10 barobar tezroq ishlashiga olib keldi.
1. CSS-First Yo'nalishi
Eng hayratlanarli o'zgarish — tailwind.config.js konfiguratsiya faylining butunlay olib tashlanganligidir! Endi barcha tillar va mavzular to'g'ridan-to'g'ri global CSS faylingizda @theme direktivasi yordamida sozlanadi:
@import "tailwindcss";
@theme {
--color-primary: #0f172a;
--color-accent: #3b82f6;
--font-serif: "Playfair Display", serif;
}
2. Kichikroq va Toza CSS fayllari
Yangi dvijok keraksiz klasslarni mutlaqo yuklamaydi va CSS generatsiyasini o'ta yupqa qiladi. Gridlar, o'zgaruvchan uslublar va konteynerlar ancha moslashuvchan bo'ldi.
Xulosa
React 19 va Tailwind CSS v4 birgalikda frontend dasturlashni yana-da yoqimli, oson va samarali qiladi. Ikkala kutubxona ham minimal konfiguratsiya va maksimal unumdorlikka qaratilgan. Shaxsiy blogimizda biz ham aynan shu yangicha kombinatsiyadan foydalandik va natija haqiqatdan ham kutilgandek ajoyib!
Discussion0
No comments yet.