Next.js 15 App Router bilan samarali veb ilovalari me'morchiligi

Next.js 15 o'ta yuqori yuklamali saytlarni yaratish uchun tayyor arxitekturadir. Bu versiyada unumdorlik darajasi keskin oshirilib, dasturlash jarayoni yana-da soddalashdi.


Server va Client Components balansi

Next.js dagi eng katta xatolardan biri barcha komponentlarga "use client" direktivasini yozib yuborishdir. Buning oqibatida biz server-side rendering (SSR) foydalaridan butunlay mahrum bo'lamiz.

  • Server Components: Standart holatda barcha komponentlar serverda render qilinadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlar bazasi yoki tashqi xavfsiz API-lar bilan bog'lanishi mumkin va mijoz brauzeriga kilobaytlarcha JavaScript yuklamaydi.
  • Client Components: Faqatgina interaktivlik (useState, useEffect, klik hodisalari) kerak bo'lgandagina "use client" direktivasini qo'shing.

Optimallashtirish sirlari

Next.js 15 bilan birga Partial Prerendering (PPR) taqdim etildi. Bu orqali sahifaning dinamik (masalan cart, user profili) va statik (rasmlar, sarlavhalar) qismlari bitta vaqtda optimal yuklanadi. Statik qatlam CDN dan darhol keladi, dinamik qism esa o'sha vaqtda serverda hisoblanadi.

Siz ham keyingi yirik loyihalaringizda ushbu ilg'or rendering usullaridan to'g'ri foydalaning!